DIQQAT E'LON!
Hurmatli talabalar siz o‘zingizni iste’dodli, faol yoki eng namunali talabalardan biri deb bilasizmi? Unda mazkur tanlov aynan siz uchun!
Oliygohimiz talaba-yoshlarining iqtidor va iste’dodlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning oktabr oyida talabalar o‘rtasida “Yil talabasi-2022” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur tanlov quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
2. “Yilning eng tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”
3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
4. “Yilning eng faol sportchi talabasi”
5. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
6. “Yilning eng faol bloger talabasi”
7. “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni quyidagi pul mukofatlari kutmoqda:
1-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m.
Shoshiling! Bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan boy bermang va albatta g‘olib bo‘lib!
Murojaat uchun telefon hamda telegram manzil: +998904409255.