Bugun an’anaga ko‘ra 9-aprel buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun va unga 686 yil to‘lganligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakultetining talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.
Tadbirda yozuvchi va shoirlarning Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan asarlaridan parchalar o‘qildi, talabalar tomonidan temuriylar davridagi liboslar namoyish etildi. Bizning universitet talabalari ham tadbirda faol ishtirok etib, buyuk Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yishdi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi “Amir Temur davrida bog‘ yaratish san’ati” deb nomlangan ko‘rgazma namoyishini kuzatib qaytishdi.