14-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida Chirchiq olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdi.
⏺Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni oliy ta’lim muassasasining ta’lim jarayoni, mavjud kafedra va yo‘nalishlari, zamonaviy sport infratuzilmasi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
📝Tadbir davomida mehmonlarga universitetning o‘quv-uslubiy faoliyati, sport turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar sport majmualari, o‘quv binolari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydonlarni ko‘zdan kechirdilar.
🔅Ochiq eshiklar kuni o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida to‘g‘ri yo‘nalish belgilashiga, sport va jismoniy tarbiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarni sport sohasiga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
✅Mazkur tadbir yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.