2026-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud al-Shammari hamda Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Al-Mana tashrif buyurdilar.
🗣️Tashrif davomida Oʻzbekistonda ogʻir atletikani rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar muhokama qilindi.
👦Soʻnggi yillarda mazkur sport turi bilan shugʻullanuvchilar soni izchil ortib, oʻzbekistonlik sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani sohadagi islohotlarning amaliy samarasi ekani taʼkidlandi.
⏩Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash, dopingga qarshi birgalikda kurashish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, Xalqaro va Osiyo ogʻir atletika federatsiyalarining Oʻzbekiston bilan yoʻlga qoʻygan samarali hamkorligi, mamlakatimizda ogʻir atletikani rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga qoʻshayotgan hissasi alohida eʼtirof etildi.
📑Uchrashuv doirasida Muhammad Jalud al-Shammari hamda Muhammad Al-Managa sport sohasidagi xizmatlari e'tirof e'tilib, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Faxriy doktori" unvoni topshirildi.