O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetining magistratura bosqichi bo‘yicha “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi
📥HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATI
🗓2026-yil 25-iyuldan 25-avgustgacha
🤖Hujjatlar @jtsuqabul_bot Telegram boti orqali qabul qilinadi.
📄HUJJATLARNI TOPSHIRISH UCHUN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:
➡️oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasining skaner nusxasi;
➡️pasport yoki ID-kartaning skaner nusxasi;
➡️3,5 × 4,5 sm o‘lchamdagi fotosurat (JPEG formatida);
➡️belgilangan namunadagi abituriyent arizasi (namuna Telegram botida joylashtirilgan).
📝KIRISH IMTIHONLARI
📚1-bosqich – “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanidan 4 ta savoldan iborat imtihon bileti asosida og‘zaki shaklda o‘tkaziladigan nazariy imtihon. (Imtihon dasturi bilan https://www.jtsu.uz/uz/c/admission/qabul-2026-2027 saytida tanishish mumkin.)
🚫Imtihon davomida mobil telefonlar, shpargalkalar hamda boshqa yordamchi materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
💯Maksimal ball – 100
✅Minimal o‘tish bali – 30
📚2-bosqich – Test markazida rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi (test topshiriqlarida to‘g‘ri javoblarni tanlash shaklida).
💯Maksimal ball – 30
✅Minimal o‘tish bali – 10
🎓TA’LIM SHAKLI: Kunduzgi ta’lim shakli, to‘lov-kontrakt asosida.
💵TA’LIM TO‘LOVI: Yiliga 2 000💲 AQSH dollari.
🟣TA’LIM TILI: Rus tili.
⏳O‘QISH MUDDATI :2 yil.
1⃣ kurs – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Chirchiq shahri, O‘zbekiston Respublikasi).
2⃣ kurs – Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Minsk shahri, Belarus Respublikasi).
🏅TA’LIMNI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLAGAN BITIRUVCHILARGA IKKITA DIPLOM BERILADI:
🎓O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistr diplomi;
🎓Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetining “Jismoniy tarbiya va sport” mutaxassisligi, “Sport-pedagogik faoliyat” ixtisoslashuvi bo‘yicha magistr diplomi.
☎️ MUROJAAT UCHUN: +998 77 650 49 60
📍Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy, “A” o‘quv binosi, 217 va 218-xona.