O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalardan iborat jamoalar ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yaqinda foydalanishga topshirilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga muntazam ravishda ekskursiyalar uyushtirib kelmoqdalar.
🗣 Mazkur tashriflar davomida ishtirokchilar markazning boy tarixiy va ma’naviy merosi, ilmiy-ekspozitsiyalari hamda zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
✔️ Bugungi jarayonlarda ushbu maskanga quyidagi kafedralar jamoalari tashrif buyurdi:
🟢 Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazaraiyasi va uslubiyati kafedrasi;
🟢 Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi;
🟢 Taekvondo va qilichbozlik nazaraiyasi va uslubiyati kafedrasi:
🤝 Bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni chuqur anglash hamda keng dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.