🌎11-dekabr kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan Kibersport hamda yakkakurash sport turlari yoʻnalishi talabalari oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.
➡️Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati hamda yoshlar orasida bu illatning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
🔺Shuningdek, mavzu yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.