🤼♂️Sizlarga 2025-yil 13-dekabr sanasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha Rektor kubogi musobaqasi tashkil etilyotganini ma'lum qilamiz.
🌎Mazkur birinchilikda ishtirok etishni istagan talabalar uchun eslatmalar: 2025-yil 12-dekabr kuni universitet Sport majmuasi (manej)da soat 15:30 dan 17:00 ga qadar vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. Erkin kurash bo'yicha vazn toifalari: -61 kg, -65 kg, -70 kg, -74 kg, +86 kg Yunon-rum kurashi vaznlar: -60kg, -67kg,-72kg,-77kg,+77kg bo‘yicha. Ishtirokchi jamoalar talabnomalarni 12-dekabr kuni soat 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.
✅Oliygohimizning barcha yo'nalish talabalari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ushbu musobaqa g‘olib va sovrindorlari kafedra tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99899 954-24-20, +99893 845-44-45