⚽️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori J.Zarifbayev boshchiligidagi Respublika olimpiya va paralimiya sport turlariga tayyorlash markazining “Olympic” sport klubidan iborat delegatsiya Xitoyda tashkil etilayotgan ikki nufuzli xalqaro yoshlar futbol turnirlarida ishtirok etmoqda.
1. "Qiaoxin Cup" 6-Xalqaro Yoshlar Futbol Turniri
✍️ O‘tkazilish sanasi: 21–28 iyul 2025-yil.
📍O‘tish Joyi: Shaoyang shahri, Hunan provinsiyasi.
2. "Xing Huo Cup" 2025-Xalqaro Yoshlar Futbol Turniri
✍️ O‘tkazilish sanasi: 28 iyul – 3 avgust 2025
📍O‘tish Joyi: Guiyang shahri, Guizhou provinsiyasi
Ushbu turnir Guizhou Futbol Assotsiatsiyasi va Xitoy Futbol Rivojlantirish Fondi tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, xalqaro va mahalliy futbolchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashni maqsad qilgan.