#dolzarb_90kun
🎥2025-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar ittifoqi agentligi boshlang'ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo‘limi bilan hamkorlikda oliygoh jamoasi va mahalla yoshlari uchun "Kino kuni" tadbiri o‘tkazildi.
✅“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida tashkil qilingan mazkur tadbirda Shoxruh Rasulov tomonidan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti va Oʻzbekiston kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olingan “Uch qahramon” filmi namoyish etildi.
📍Aytish joizki, ushbu film o‘zida yuksak Vatanparvarlik hissi, Ona Vatanga sadoqat va o‘z kasbiy burchini sidqi dildan ato etishi kabi ezgu fazilatlarni jamlagani bilan talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.