#xizmat_safari
🔷 Joriy yilning 22-23-may kunlari universitet professor-o‘qituvchilari Komiljon Yarashev, Muxsinbek Olimov, Laylo Sobirova, Nodir Yusupov, Shuxrat Tursunov hamda Sarvinoz Nurmamatovadan iborat oliygoh delegatsiyasi M.Avezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universitetida navbatdagi xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.
✅ O‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishni maqsad qilingan mazkur xizmat safari davomida universitetimiz vakillari tomonidan oliygoh talabalari uchun turli mavzularda seminarlar tashkil etildi.
Xususan, yengil atletikachilarni mashg'ulotlarini rejalashtirish va boshqarish uslubiyati, parasportchilarni sport mashg'ulotlariga moslashtirishda zamonaviy usullardan foydalanish samaradorligi, O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish tendensiyalari, O‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni, 11-12 yoshli figurali ichuvchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi kabi mavzularda qilingan ma’ruzalar seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.