#xalqaro_anjuman
📊2025-yil 13-may kuni ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
➡️Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Shukurjon Gaziyev tomonidan ochib berilgan ushbu konferensiyada kafedra jamoasi, O'zbekiston xokkey federatsiyasi bosh kotibi Shukrullo Karimov, O‘smirlar o‘rtasida ikki karra Osiyo va kattalar o'rtasida 4-divizion jahon chempioni bo'lgan oliygohning xokkey ixtisosligi talabalari Jasurbek Rustamxonov, Timur Bagautdinov, Vadim Kravchenko, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda onlayn tarzda Rossiya, Qozog‘iston va Belarus kabi xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, murabbiylari ishtirok etdi.
🖥Anjuman davomida mutaxassislar tomonidan yosh sledj-xokkeychilarning funksional tayyorgarligi, sun’iy intellekt asosidagi fitnes-texnologiyalar, kibersport tayyorgarlik metodikasi singari mavzularda qilingan ma’ruzalar barchaning diqqat markazida bo‘ldi.
🔽Ayniqsa, Rossiya sport universiteti, Qozog‘iston sport va turizm akademiyasi hamda Volga davlat jismoniy tarbiya universiteti kabi yetakchi ilmiy muassasalar vakillarining chiqishlari anjuman ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Yakunda eng yaxshi taqdimot egalariga sertifikatlar topshirildi.
⚡️Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu xalqaro konferensiya nafaqat ishtirokchilarning yuqori ilmiy salohiyatini namoyon etdi, balki murabbiylar, metodistlar va sport federatsiyalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan xalqaro hamkorlik maydoniga ham aylandi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini yana bir bor xalqaro darajadagi sportchilar tayyorlovchi zamonaviy ilmiy-metodik markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga ximzat qilmoqda.