#️⃣imtihon
🗓Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida barcha ixtisoslik kafedralari kesimida sirtqi taʼlim shakli bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo'lib o'tmoqda.
🔽Talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini sinovdan oʻtkazayotgan navbatdagi yakuniy attestatsiya jarayonlari universitetning O'quv ishlari bo'yicha prorektori Eldor Raxmanov boshchiligidagi mas'ullar tomonidan kuzatildi va imtihonlarda shaffoklikni ta'minlash hamda talabalarga belgilangan tartib-qoidalar bo'yicha zaruriy eslatmalar berildi.
‼️Eslatib o‘tamiz, yakuniy davlat attestatsiya sinovlari 2025-yil 17-may sanasiga qadar davom etadi.