🔷 Joriy yilning 2-3-may kunlari universitet kafedra mudirlari B.Musayev, J.Umarov, S.Adilov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i L.Xolmurodovdan iborat oliygoh delegatsiyasi M.Avezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
✅ O‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishni maqsad qilingan mazkur xizmat safari davomida universitetimiz vakillari tomonidan oliygoh talabalari uchun turli mavzularda seminarlar tashkil etildi.
Xususan, musobaqa davrida yuqori malakali sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, jang san'atida muvofiqlashtirish ko'nikmalarini rivojlantirish hamda texnik va taktik harakatlar samaradorligini oshirish, sportchilarni tayyorlashning tarkibiy asoslari, sport mashg'ulotlari davrlari (sport formasi), shuningdek, O‘zbekiston misolida aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlarning xususiyatlari kabi mavzularda qilingan ma’ruzalar seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.