#kengash_yig‘ilishi
✅Universitet rektori Rashid Matkarimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda, dastlab, oliygohda uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoiy ustoz Latofat Tursunboyevaga hurmat ko‘rsatilib, universitet kasaba uyushmasining sovg‘asi topshirildi. Shundan so‘ng, sport sohasi va universitet faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Sport vazirligi topshiriqlari va buyruqlari, shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va tegishli hujjatlar bilan ishlash sifati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
👇Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan yig‘ilish davomida quyidagi masalalar yuzasidan hisobotlar tinglandi:
✔️Universitet professor-o‘qituvchilarining dars o‘tish mahorati va sifati tahlili;
✔️Universitet ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
✔️Xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etilishi yuzasidan 2025-yil aprel oyida amalga oshirilgan ishlar hamda may oyida bajariladigan asosiy ustuvor vazifalar;
✔️Ta’lim eksporti targ‘ibotini oshirish hamda xorijiy talabalarni jalb etish yuzasidan 2025-yil yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan ishlar va may oyida bajariladigan rejalar;
✔️Shuningdek, ta’lim sifati, davomat hamda shartnoma shartlarining bajarilishi va talabalarning fanlardan qarzdorlik holati to‘g‘risida.
📌Yakunda yuqoridagi muhim masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, ular bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.