#seminar
✔️Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida barcha sport turlari bo‘yicha talabalarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirish maqsadida tajribali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va seminarlar tashkil qilib kelinmoqda.
📊Ana shunday seminarlardan biri bugun, 30-aprel kuni universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 🏑chim ustida xokkey ixtisosligi talabalari uchun o‘tkazildi.
📍Ushbu seminar mashg‘ulotlariga Oʻzbekiston chim ustida xokkey vitse-prezidenti Rinat Axmadulin, Belorussiya xokkey terma jamoasi va Minsk xokkey klubi (erkaklar) murabbiyi Pavel Sergeyevich Gabrinevskiy jalb etilib, mutaxassislar tomonidan talabalarga chim ustida xokkey sport turining rivojlanish tarixi hamda ushbu sport turida qo'llaniladigan texnik va taktik usullar haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
❓Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutahassislardan atroflicha javoblar oldilar.