📣Diqqat E’lon‼️
Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari!
🥋Sizlarni joriy yilning 12-aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan o'tkaziladigan taekvondo sport turi bo‘yicha "Rektor ochiq kubogi" musobaqasiga taklif etamiz.
✔️Unda oliygohimizning barcha talabalari ishtirok etib, o'z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin.
📍Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun eslatmalar: 2025-yil 10-aprel kuni 15:00 ga qadar ishtirokchi jamoalar o‘z talabnomalarini kafedraga topshirishlari lozim. 11- aprel kuni taekvondo sport zalida soat 14:00 dan 15:30 ga qadar vazn o‘lchash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
⚖️Vazn toifalari:
✔️Erkaklar: 58 kg, 68 kg, 80kg, +80 kg bo‘yicha;
✔️Ayollar: 49 kg, 57 kg, 67 kg, +67 kg bo'yicha.
☎️Murojat uchun telefon: +99894 467-55-22
Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!