✅ Jarayon davomida universitet rektori ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlaridagi imkoniyatlari, dars tayyorlashlari uchun qulayliklar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari o‘rganildi. Xonadonda odob-axloq qoidalari, tozalikka rioya qilishlari alohida ta’kidlab o‘tildi. Talabalar bilan samimiy suhbatlashildi, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Bildirilgan fikrlar bo'yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🏛 Shuningdek, uchrashuv davomida xonadon egalari bilan ham suhbatlashilib, talabalarga zarur sharoitlarni yaratish va ularning nazorati bo‘yicha universitet bilan hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.