✅ Mazkur tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🔷 Tadbirda so‘zga chiqqanlar Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi borasida so‘z yuritdilar.