#besh_tashabbus_olimpiadasi
‼️DIQQAT EʼLON‼️
Hurmatli universitetimiz talabalari!
🏐Sizlarga 2024-yil 30-oktabr kuni universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Sport klubi bilan hamkorlikda sportning VOLEYBOL hamda STRITBOL turlari boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi kafedralararo Universitet bosqichi musobaqasi oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
✅Musobaqada universitetning barcha ixtisoslik kafedrasi talabalari oʻz terma jamoasi ishtirok etishi mumkin.
🏆 Gʻolib va sovrindorlar universitet Sport klubi tomonidan bosh sovrin kubok, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
🗞Mazkur musobaqada ishtirok etish istagida boʻlgan jamoalar 29-oktabr kuni soat 15:00 ga qadar Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga talabnomani topshirishlari shart.
🏢📆Vaqti va oʻtkazish joyi: 30-oktabr kuni universitet sport majmuasi (manej).
☎️Murojaat uchun telefon.: +99890 528-05-08.