⚡️ Bugun “18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun” munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy Toʻlqin Qilichev so‘zga chiqib sportchilar qalbida vatanparvarlik, intizom va shijoat bo‘lsagina katta marralarni zabt etish mumkinligi hususida, dunyo sahnasida vatanimiz bayrog‘ining ko‘kka ko‘tarilishi va bunday lahzalarda sportchi va murabbiylar so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan hissiyot tuyushini gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib, Chirchiq shahridagi harbiy qism askar va zobitlari ishtirokida kuy-qo‘shiqlar va ko‘rgazmali chiqishlar, shuningdek, maktablarda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarning chiqishlari bilan davom etdi.