📆2024-yil 16-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xalqaro karate federatsiyasining (ITKF) Osiyo va Okeaniya mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Ibrahim al-Bakr janoblari tashrif buyurdi.
🟢Mehmon rektor Rashid Matkarimov boshchiligidagi universitet jamoasi tomonidan kutib olindi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda karate sport turining tarixi, yurtimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan vazifalar muhokama qilindi.
🥋Uchrashuvda rektor R.Matkarimov tomonidan ushbu sport turi bo‘yicha kelgusidagi nufuzli sport musobaqalarni universitet sport majmualarida o‘tkazish taklifi bildirildi, taklif Ibrahim al-Bakr janoblari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
🏢Shundan so‘ng nufuzli mehmon universitet sport inshootlarida bo‘lib o‘tayotgan yirik musobaqalar, hususan, ITKF karate-do turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida xalqaro turnirning yopilish marosimida ishtirok etdi.