#Boks_universitet_birinchiligi
🥊 Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “18-Noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan boks sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Tadbir Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berildi. Shuningdek tadbirda Oʻzbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy Toʻlqin Qilichev, O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Raxmatjon Ro'zioxunov ishtirok etib, o‘z so‘zlarida bokchilarga oldindagi musobaqada omad tilab, kelgusida chempion bo‘lib mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish nasib etishini tiladi.
Shundan so‘ng musobaqaga start berildi. Unda 13 ta vazn toifasida (48,51,54,57,60,63,3,67,71,75,80,86,92,+92) 100 nafar talaba sportchilar ishtirok etmoqda. Jumladan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan 76 nafar, Universitet Farg‘ona filialidan 17 nafar, Nukus filialidan 7-nafar
Musobaqalar 18 noyabr kuniga qadar davom etadi.