#kross_yugurish
Bugun erta tongdan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab ilk bor turli yosh toifasida kross yugurish musobaqasi tashkil etildi.
✅Unda universitet rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, 300 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, oliygohning hamkor xorijiy universitet vakillari, rahbar va ishchi xodimlar, Sport turlari bo'yicha terma jamoa a'zolari, 1500 dan ziyod universitet hamda Chirchiq shahridagi bir qator oliy ta’lim muassasasi talabalari va mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi.
📍Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu musobaqa, avvalo, professor-o‘qituvchilar birdamligi va talaba-yoshlarni kelgusida ommaviy sport musobaqalariga tayyorlashdagi o‘rni katta bo‘ldi. Shuningdek, musobaqa jarayonlarini samarali o‘tishini ta’minlashda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari ham jonbozlik ko‘rsatishdi.
🥇🥈🥉Yakunda g‘olib va sovrindorlar, faol ishtirok etgan qatnashchilar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.