#universitet_birinchiligi
2024-yil 20-21 dekabr kunlari universitetning Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✅Talaba-yoshlar o‘rtasida sportini rivojlantirish va og‘ir atletika sportini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu musobaqada yigitlar: 61 kg, 73 kg, 89 kg, 102 kg, +102 kg vazn toifalarida, qizlar esa: 49 kg, 59 kg, 71 kg, 81 kg, +81 kg vazn toifalarida shiddatli bahslarga kirishib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
📜🎁Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.