#davra_suhbati
✅2024-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🤝Dastlab, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov hamda Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik yoshlarni nutq madaniyati, tanqidiy va zamonaviy fikrlashga o‘rgatish barobarida ularni jismoniy jihatdan ham barkamol qilib tarbiyalash, sportga oshno etish maqsadida o‘rnatilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
🗣Shundan so‘ng akademiya asoschisi va talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, unda Muhammadali Eshonqulov tomonidan o‘qishda va kasb faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish sirlari, ularga olib boruvchi yo‘llar hamda kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida qiziqarli hamda motivatsion fikrlar bildirildi. Aytish joizki, bildirilgan har bir fikr o‘z tasdig‘ini topgan hayotiy misollarga boyligi bilan talabalarda katta taassurot qoldirdi. O‘z navbatida talabalar ham, tadbir mehmoniga turli mavzularda savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.
📜Yakunda universitet rahbariyati tomonidan akademiya asoschisi Muhammadali Eshonqulovga mazmunli davra suhbati uchun tashakkurnomava esdalik sovg'alari topshirildi.