#yoshlar_forumi
✅Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov tashrif buyurdi.
Dastlab, Sport vaziri Adham Ikramov yangidan barpo etilayotgan eshkak eshish bazasining qurilish jarayonlari bilan tanishib, Para pauerlifting sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqasi jarayonlarini kuzatdi. Shundan so‘ng, vazir Adham Ikramov hamda universitet talabalari va yosh olimlari o‘rtasida “Yoshlar forumi - 2024” doirasida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
⏩Unda universitet rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida vazir tomonidan bugungi kunda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
📍Shuningdek, mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari, chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida “Universida”, “Besh tashabbus olimpiadasi” kabi sport musobaqalarining muntazam o‘tkazilib kelinayotgani va buning natijasida sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar soni yildan-yilga ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. (Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda 10 milliondan ziyod aholi ommaviy sport bilan shug‘ullanmoqda).
👨🏻🎓🗞Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida vazir universitet talabalari tomonidan berilgan savollarga javob berib, bildirilgan takliflarni tingladi. Uchrashuv yakunida vazir Adham Ikromov tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan universitetning bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchlariga tantanali tarzda diplomlar topshirildi.