#seminar
👩🎓👨💻Bugun universitetning Yengil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun yengil atletika bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda hakamlik qonun-qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
🏃Mazkur seminar joriy yilning 21-aprel kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan “BYD – Tashkent Intеrnаtiоnаl Маrаthоn", musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilib, unda oliygohning 200 ga yaqin talabalari volontyor va hakam sifatida jalb etilgan. Seminar davomida O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi vakillari tomonidan kafedra mas’ullari va talabalarga musobaqani o‘tkazish tartibi, hakamlik qonun-qoidalari, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash hamda boshqa qator tashkiliy masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
📍Ma’lumot uchun, ushbu marafonda 60 ga yaqin xorijiy davlatlardan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, unda universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham hakamlik qilib borishadi.