Abituriyentlarga taklif! Ikkita sport universitetining talabasiga aylanish imkoniyatini boy bermang🎓1+1 magistratura taʼlim dasturi HUJJATLARNI QABUL QILISh 2025 yil 25-iyuldan 25-avgustgacha @UzBelPriyom_bot Telegram-boti orqali quyidagi hujjatlarni topshirishingiz kerak
1. Diplomi va ilova nusxasi 📑
2. Pasport yoki ID karta 📇
3. 3,5x4,5 o'lchamdagi fotosurat (jpeg) 📸
4. Abituriyent arizasi
KIRISH IMTIHNONLARI:
1-bosqich: «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» fani bo'yicha 4 ta savoldan iborat nazariy imtihon – javoblariga og‘zaki javob berish;
2-bosqich: Rus tili bo'yicha bilimni Test Markazida tekshirish - TESTlarda to'g'ri javoblarni belgilash.
TA'LIM SHAKLI: to'liq kontrakt asosida - yiliga 2000 AQSh dollari.
TA'LIM TILI: Ta'lim rus tilida olib boriladi.
O'QISH MUDDATI: 2 YIL
1 kurs talabalari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida (Chirchiq, O'zbekiston Respublikasi) + 2 kurs Belorussiya davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida (Minsk, Belarus) o'qishadi.
O'qishni tugatgandan so'ng, BITIRUVCHI ikkita diplom oladi:
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O'z DJTSU) magistraturasi – Sport faoliyati
Belorusiya davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (BDJTSU) - jismoniy madaniyat va sport yo'nalishi bo'yicha magistratura bosqichi ixtisoslik: Sport va pedagogik faoliyat.
Biz bilan quyidagi telefon raqami orqali bog'lanishingiz mumkin:
☎️ +998 77 769 88 59;
📍Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar ko'chasi, 19-uy, "A" bino –№ 217, №218-xonalar
🌐 Veb-saytlar: https://www.jtsu.uz/ru/c/admission/qabul-2025-2026
⬇️ HUJJATNING PDF SHAKLINI YUKLASH