HUQUQIY MADANIYAT VA ILĞOR PEDAGOGIKA: YANGI USLUBIY QÖLLANMA TAQDIM ETILDI!
🇺🇿Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan "2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi”ning 72-bandiga muvofiq muhim amaliy manba yaratildi.
▶️Öquv uslubiy qöllanmani yuklab oliş
▶️Toşkent davlat yuridik universiteti hamda Kasbiy ta’limni rivojlantiriş instituti mutaxassislari hamkorligida “Ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyani ilğor pedagogik yondaşuvlar asosida taşkil etiş” nomli uslubiy qöllanma işlab çiqildi.
🔹Nima uçun bu qöllanmani öqiş muhim?
➡️Barça ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyani samarali yölga qöyiş böyiça ilmiy-metodik tavsiyalarni öz içiga oladi.
➡️Dars va tarbiyaviy jarayonlarda zamonaviy, ilğor pedagogik yondaşuvlarni qöllaşga kömaklaşadi.
➡️Öqituvçilar uçun dars metodikasini boyitiş va huquqiy savodxonlikni singdirişda tayyor amaliy tayanç, talabalar uçun esa huquqiy madaniyat va zamonaviy pedagogik tafakkurni çuqurlaştirişda foydali manba hisoblanadi.
📣 Hurmatli ustozlar va aziz talabalar! Yangi uslubiy qöllanma bilan batafsil tanişib çiqing, undagi ilğor ğoyalarni öquv va amaliy faoliyatingizda tatbiq eting!