MURAKKAB-TEXNIK SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASIDA
Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, ularning qishki va murakkab-texnik sport turlari bilan shugʼullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Xususan, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashining 2021 yil 7 iyuldagi 12-sonli qaroriga muvofiq Unversitetning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Unga koʼra fakultetlar soni 9 taga, mutaxassislik kafedralari soni esa 19 taga yetdi. Jumladan, Qishki va murakkab texnik sport turlari tarkibida Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ham yangi tashkil etilgan kafedralardan hisoblanadi.Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida sport faoliyati (velosport, triatlon, biatlon va ot sporti) jami 4 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash belgilangan.
2021/2022 oʼquv yilidan mazkur kafedrada 20 nafar professor-oʼqituvchi oʼz faoliyatini boshladi. Kafedradagi professor-oʼqituvchilarning 2 nafari Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sport ustozi, 9 nafari milliy toifadagi hakam hisoblanadi. Аyni paytda kafedradagi yoʼnalishlar boʼyicha 423 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 10 nafar sport ustasi, 100 nafarga yaqin sport ustaligiga nomzod sportchilar taʼlim olmoqda. Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida oʼqish jarayonlari boshlagan boʼlib, kuni kecha oʼtkazilgan mashgʼulotlarda master klass (ustoz saboqlari) ham tashkil etildi. Unda Chirchiq shahridagi 13-sonli umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari ham ishtirok etdi. Ushbu master klass oʼquvchilardan iliq taassurot qoldirdi.“Qishki va murakkab-texnik sport turlari” fakulteti dekani S.R.Davletmuratov ishtirokida hamda fakultet talabalari bilan “Dekan bilan ochiq muloqot” tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasida barcha darajadagi ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari tomonidan kamondan otishni rivojlantirish masalalarida normativ-huquqiy ta'minotni takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Shunday qilib, 2021 yil 17 iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamondan otish sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni imzoladi. 2022-2023 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish bo'yicha mutaxassislik ochildi, unda oltita sport ustasi va oltita sport ustasi nomzodi o'qitiladi. 2023-2024- o‘quv yili boshlanishidan oldin Ot sporti yo‘nalishi Og‘ir atletika kafedrasiga va Biatlon yo‘nalishi esa Yengil atletika kafedrasiga o‘z faoliyatini davom etirish uchun yo‘naltirilgani tufayli bugungi kunda Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida Velosport, Triatlon, Kamondan otish sport turlari o‘z ish faoliyatini yangi tuzilgan Paralimpiya va qishki sport turlari fakultetiga biriktirish orqali yangi o‘quv yilida o‘z ish faoliyatini yuritib kelish bilan boshladi. Aytish joizki Universitet rektorining tegishli qarori bilan Professor-o‘qituvchilar va kafedra mudirlari yanada erkin va mustaqil bo‘lishi uchun oliygoxdagi barcha dekanatlar 2024-yil 1-fevral sanasidan boshlab o‘z ish faoliyatini tamomladi va xozirgi vaqtda Kafedralar erkin va mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv ishlari prorektiriga bo‘y singan holda ish faoliyatini yuritib kelmoqda. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar xalqaro va Respublika musobaqalarida faol ishtirok etmoqda. Sportchilarimiz xalqaro arenalarda mamlakatimiz sharafini munosib namoyish etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Oliy o‘quv yurtida yoshlarga oid davlat siyosati izchil hayotga tatbiq etilgan. Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida Universitetimiz ko‘magi bilan tashkil etilgan “Kitobxonlik”, “Аxborot texnologiyalari” va barcha sport turlaridan to‘garaklar talabalarning bilim darajasi va umumiy dunyoqarashini o‘stirishga, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI
Kafedra mudiri pfd dotsent
Karimov Ismoiljon Ibroximjonovich
Qabul kunlari: Chorshanba 1500 - 1700 gacha Shanba 1500 - 1700 gacha
E-mail: Karimov.ismoiljon@bk.ru
Kafedra dotsenti: Niyazova Regina Rustamovna
E-mail:regina.89@mail.ru
O’qituvchi, Dotsent: Umarov Sarvar Mirzaxitovich
E-mail: 057sarvar@gmail.com
Katta o’qituvchi, Dotsent: Xolmuratov Obidjon Yuldashovich
E-mail:Talaba_2010@mail.ru
Katta o’qituvchi: Tuxfatulina Irina Nikolayevna
E-mail: Iratuhfatullina.45@mail.ru
O’qituvchi :Xamrayev Sardor Sobirjon o‘g‘li
E-mail: sardorshoxalixan@gmail.com
O‘qituvchi: Ortiqov Maruf Mashrafjon o‘g‘li
E-mail: Marufortiqov17@gmail.com
O‘qituvchi: Tilavov Shaxboz Sidiqul o‘g‘li
E-mail: tilavov.shaxboz@bk.ru
O‘qituvchi: Suleymanova Sabina Faridovna
E-mail: suleymanovasabina1990@gmail.com
O‘qituvchi: Raximova Zarnigor Doniyor qizi
E-mail: zarina.raximova.17@mail.ru
O’qituvchi: Raimbekova Flyura Andreyevna
E-mail: flyuraraimbekova@mail.ru
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
Professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida musobaqa va tadbirlar ishtiroki