#Live_video
#Yashilmakon
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik vakillari, universitet rahbariyat jamoasi, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Aksiya doirasida universitet hududidaga 3000 dona ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular 200 dona o‘rik , 200 ta olcha , 500 ta nok, 1000 ta olma, 500 ta bodom, 500 ta yong‘oq va 100 ta jiyda ko‘chatlarini tashklil qiladi. Universitet hududiga buguni o‘zida 500 dan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekildi. Shunindek, mazkur lohiya taniqli sportchilar ishtiroki bilan ham katta ahamiyat kasb etdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiyaga oid jarayonlar respublikamizning barcha hududiy sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, sport ta’lim muassasalarida bir kunda va bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida esa 56 ming tup daraxat ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 17 652 tup manzarali, 38 348 tupi esa mevali daraxt ko‘chatlaridir.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy