Kuni kecha universitet rektori M.Boltabayev ishtirokida oliygohning 3-sonli talabalar turar joyida yashaydigan talabalar bilan navbatdagi uchrashuv o'tkazildi.
Unda universitetning Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori I.Ibragimov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, universitet Huquq targ‘ibot maskani profilaktika inspektori, leytenant N.Agabekov, fakultet dekanlari va ularning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Tursunov, tyutorlar hamda TTJlarining tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida rektor tomonidan mazkur turar joydagi yaratilgan sharoitlar, xususan, bu yerda talabalar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatib, daromad topishlari, turli hunar sirlarini egallashlari hamda qavatlardagi kompyuter va xorijiy tillarni o‘rganish, ular bo‘yicha qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarini olib borishga mo‘ljallangan o‘quv xonalarining mavjudligi, shuningdek, yaratilgan sharoitlarga mos tarzda universitet ichki-tartib qoidalariga qat’iy amal qilishlari alohida qayd etildi.
Yakunda esa talabalar boshqa masalalar yuzasidan savollar berish bilan birga, o'z takliflarini ham bildirb o'tishdi.