Xabaringiz bor, 4-7 noyabr kunlari Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) rivojlanish dasturi asosida Markaziy va Janubiy Osiyoning 14 mamlakatidan tashrif buyurgan 240 nafar mutaxassislar, murabbiy hamda hakamlar uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro seminarga OOK mutasaddilari va xalqaro federatsiyalardan jalb etilgan ekspertlar ishtirok etishdi. Seminar og‘ir atletika, dzyudo, boks, sport kurashlari va suzish bo‘yicha mutaxassis va hakamlar uchun tashkil etilgan bo‘lib, ushbu dastur malakali murabbiy va hakamlar malakasini oshirishga qaratilgan.
Ushbu seminarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari prof. R.Matkarimov, mustaqil tadqiqotchilar Sh.Toshturdiyev, X.Hakimov, Z.Norqulov, F.Qoraboyev, “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti v.b. I.Islamov hamda “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Karimov ham munosib ishtirok etishdi.
Tinglovchilarga seminar so‘nggida xalqaro sertifikatlar taqdim etildi.