2022-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boshqa fakultetlardan farqli o‘laroq, insonlar salomatligini birinchi o‘ringga qo‘yuvchi Tibbiyot fakultetining birinchi bosqich talabalari qasamyod qabul qildi.
Unda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Babajanov, fakultet dekani G‘.Sultanov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar ijrosidagi badiiy chiqish va o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarning barchasiga xursandchilik ulashdi.