Tadbirda YaSTF dekan muovini E.Bekmirzayev, o'zbek maktabini rivojlanishida o'zining ulkan hissalarini qo'shib kelayotgan "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" Ergashev Murod Yarkulovich, qariyb ellik yil davomida Boks bo'yicha nazariy bilimlarni o'z shogirdlaridan ayamay kelayotgan oliy toifali hakam Maksumov Rustam Abdusalomovich, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Anashov Valixan Djumaxanovich hamda kafedra talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida faxriy ustozlar tomonidan talabalarga Boks ixtisosligi bo'yicha amaliy, nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan "Mahorat darsi" tashkil etib berildi.