Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektori M.Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ilk bora Toshkentda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionatidagi qo‘lga kiritilgan g‘alabalar, shuningdek, undagi sovrindorlar orasida O‘zDJTSU talabalarining ham borligi alohida e’tirof e’tildi.
Yakunda esa O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vakillari tomonidan jahon chempionatidagi faol ishtiroki uchun universitetning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuxrat Arslanovga tashakkurnoma topshirildi.