Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sport mashg‘ulotlaridagi ilmiy-amaliy muammolar, shuningdek, mazkur sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar yuzasidan fikr almashish, shu bilan birga o‘zaro tajriba orttirish maqsadida joriy yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya, sport sohasidagi muammolar, yеchimlar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu anjumanga taklif etib qolamiz!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (+99893) 761-80-00.