Ayni damda Qozog‘ston Respublikasi Taldykorgon shahrida 21 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha Osiyo chempionatga saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston milly terma jamoasi munosib ishtirok etib, muddatidan avval Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi shundaki, asosiy tarkibda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti talabasi Xaydarova Zulxumor ham bor. Zulxumor xal qiluvchi o‘yinda o‘zining betakror harakati bilan ajralib turdi hamda bahsning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

Sportchi qizimizga omad yor bo‘lsin!