Igamberdiyev Obidjon Rudbulla o`g`lining 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Umumta’lim maktablaridagi 11-12 yoshli o‘quvchilarni futbol bilan shug‘ullantirish orqali jismoniy tayyorgarligini oshirish” mavzusidagi (pedagogika fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2022-yil 27-sentabr kuni soat 10:00 da Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.