Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti og‘ir atletika sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musoboqasiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqaga Respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan murabbiy va sportchi hamda universitetining Ko‘pkurash sport turlari fakulteti og‘ir atletika ixtisosligi talaba sportchilari ham ishtirok etishmoqda. Kuni kecha ushbu nufuzli musoboqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqani O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Talabalar assotsatsiyasi raisi Erkin Qodirov hamda Ilmiy tadqiotlar Instituti direktori Rashid Matkarimovlar ochib berishdi.
Musobaqani dastabki kunida quyudagi natijalar qayd etildi: 49 kg vazn toifasidagi ayollar bahsida universitetning Og‘ir atletika ixtisosligi talabasi Jamila Panfilova dast ko‘tarishda 78 kg, siltab ko‘tarishda 90 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 168 kg ko‘tarib musoboqa chempioniga aylandi. 49 kg vazn toifasida ishtirok etgan yana bir talabamiz Rushaniya Kamzina dast ko‘tarishda 65 kg, siltab ko‘tarishda 75 kg, ikki kurash natijasiga 140 kg ko‘tarib faxirli 3-o‘rinni egalladi. Erkaklar o‘rtasida 61 kg vazn toifasida ishtirok etgan birinchi bosqich talabamiz Nodirbek Ergashev dast ko‘tarishda 105 kg, siltab ko‘tarishda 127 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 232 kg ko‘tarib faxirli 3-o‘rinni band etdi. Eslatib o‘tamiz musobaqa 17 – sentabr kuniga qadar davom etadi.