Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida nazariya va amaliyot uyg‘unligini yo‘lga qo‘yish va yurtboshimizning 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliyot o‘tash tartibiga bir qator yangiliklar kiritlgan edi.
Unga ko‘ra, talabalar 2022 – 2023 o‘quv yilida amaliyotni o‘zlari istiqomat qiladigan mahallalarda o‘tashlari, shuningdek, u yerda besh bosqichli ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirishda bevosita qatnashishlari belgilandi.
Ayni vaqtda bitiruvchi kurs talabalariga universitet tomonidan amaliyotni o‘tash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda va ular o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining ikkinchi mavsumida bo‘lib o‘tayotgan sport tadbirlarini tashkillashtirishni boshlab yubordilar. Misol tariqasida Sportni boshqarish va turizm fakultetining quyidagi talabalarni namuna qilib aytish mumkin: Marketing yo‘nalishida tahsil olayotgan 51-19 guruh talabasi Eshonqulov Baxodir, 01-19 guruh talabasi Pavlenko Vladimir, 51-19 guruh talabasi Ikromov Rustam, Avazmurodov Lazizbek hamda Usmonov Dilshodlar. Ular o‘zlari yashayotgan “Temirqadam”, “Beshariq”, “Gungon”, “Bo‘ritepa” va “Sevaz” kabi MFYlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” tarkibidagi shaxmat-shashka sport turining maxalla bosqichini tashkil etishda faol ishtirok etishmoqda.