Xabaringiz bor, joriy yilning 8 – 10 sentabr kunlari Namangan viloyatida sportning Belbog‘li kurash turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti terma jamoasi ham ishtirok etib, asl polvonlar kim ekanligini yana bir isbot qildilar!
Jumladan, universitetning Milliy kurash turlari nazaryasi va uslubiyati kefedrasi o‘qituvchisi Zaylobiddin Artiqov 100 kg vazn toifasida, kefedra talabasi Xasanboyev Xolmirza 75 kg vazn toifalarida jahon chempionligini, 82 kg vazn toifasidagi talabamiz Amatboyev Og‘abek esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Bugun ana shu munosib ishtirokchilar va jahon chempionlarini universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Axmedov, Kurash fakulteti dekani v.b. M.Qirg‘izbayev va Ko‘pkurash sport turlari fakulteti dekani v.b A.Tangriyevlar tabriklab, ularga kelgusi musobaqalarda omadlar tilashdi.