#Tanlov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Davlat gerbi-iftixor ramzi” mavzusidagi videoroliklar tanlovini e‘lon qiladi.
“Davlat gerbi-iftixor ramzi mavzusidagi videoroliklar tanlovi universitetdagi barcha talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Videoroliklar tanlovi 2022-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha materiallar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan materiallarni (99.814-91-25) raqamiga jonatishlari mumkin.
Videoroliklar quyidagi shartlar asosida baholanadi:
- Tanlovda taqdim etilgan she’rlar, qo‘shiqlar, videolarni mazmuni sifati, motivatsion salohiyatga ega ekanligi;
- Mavzu bo‘yicha (she’rlar, qo‘shiqlar, videolar) 1-5 daqiqa oralig‘ida bo‘lishi;
- Muallif(lar)ning fakultet nomi va guruh raqami to‘liq bo‘lishi kerak