Kuni kecha universitetning Futbol fakulteti, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumani markaziy o‘yingohida, tumandagi 6-, 8- va 18-umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun o‘zbek futboliga 110 yil to‘lganligi munosabati bilan mashhur sportchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda mahoratli futbolchilarimizdan jahon chempionati ishtirokchisi, bir necha bor O‘zbekiston chempioni K.Sviridov, Osiyo va O‘zbekiston chempioni “AGMK” jamoasi darvozaboni B.Ergashov, O‘zbekiston chempioni “Lokomativ” jamoasi a’zolari R.Nartadjiyev, Sh.Fayziyev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Bu esa, ularning futbol sport turiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortishiga xizmat qildi.
Tadbir yakunida bo‘lajak sportchilarga mashxur futbolchilarimiz tomonidan qimmatbaho sovg‘a va diplomlar topshirildi.