E’lon!
Universitet talabalari diqqatiga!
🏐 Joriy yilning 23- aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan sportning “Strit bol” turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida universitet birinchiligi o‘tkaziladi.
🏆G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va medal bilan taqdirlanadi.
📋Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar talabnomalarni 23-aprel kuni soat 09:30 ga qadar Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga taqdim etishlari zarur.
Bosh hakam: Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Karimov
Vaqti va o‘tkazish joyi: 23-aprel soat 11:00 da universitet “Sport majmuasi” (manej).
Masʼul: Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Murojaat uchun telefon: +998944291514
Mazkur sport musobaqasiga universitet talabalarini taklif qilib qolamiz.