#Diqqat_tanlov
✨Hurmatli universitet talabalari!
Har yili 9-may "Xotira va qadrlash" kuni yurtimizda keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Zero, tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur, matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etilishi hamda urush va mehnat fronti ortida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimizning e‘zozlanib kelinishi xalqimizga xos qadriyatlardan biridir.
Bu kabi milliy qadriyatlarni yoshlarimiz orasida keng tatbiq etish esa yanada muhim!!!
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Selfilar” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov joriy yilning 18-apreldan 10-maygacha davom etadi.
🏆Tanlov g‘oliblari I, II, III darajali diplom bilan taqdirlanadi.
📌Tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan materiallarni +998(99-814-91-25) telegram tarmog‘iga jo‘natishlari mumkin.
🖇Tanlovda qatnashing va g‘olib bo‘ling!!