2022-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Madaniyat saroyida “O‘zbekistonda sportni rivojlantirishning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Mazkur anjumanda universitetimizning eng kuchli ilmiy-tadqiqotchilari sportni rivojlantirishdagi yangi innovatsion loyihalar, sportchilarning turli ekstremal sharoitlar va musobaqalardagi ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi ham qiziqarli, ham dolzarb bo‘lgan mavzularda taqdimotlar qilishi kutilmoqda.
Barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda magistrantlar sizlarni mazkur anjumanga taklif etib, unda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!!!
Anjuman boshlanish vaqti: 10:00
Ma’lumot uchun telefon: +99897 447 50 73