⚡️Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Özbek jang san’ati” sport turi böyiça Rektor kubogi sport musobaqasi bölib ötdi.
📱Mazkur musobaqa talaba-yoşlarning sport mahoratini namoyon etiş, özbek jang san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş, milliy sport an’analarini rivojlantiriş hamda universitetda sport musobaqalari va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
🏊♀️Musobaqa davomida iştirokçilar özlarining texnik-taktik tayyorgarligi, jismoniy imkoniyatlari, çaqqonligi, tezkorligi, kuçi va mahoratini namoyiş etadilar. Bellaşuvlar sport qoidalari va belgilangan nizom asosida taşkil etilib, ğolib va sovrindorlar aniqlanadi.
💠Rektor kubogi yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni yanada kuçaytiriş, milliy sport turlarini keng tarğib etiş, universitet sportçilarining salohiyatini namoyon qiliş va sport mahoratini oşirişga qaratilgan muhim sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.