🙌Bugun Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kuraş turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy Arslon Ilov iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” doirasida “Mahorat darsi” taşkil etildi.
🥋Mazkur mahorat darsidan közlangan asosiy maqsad — talaba-yoşlarning kasbiy bilim va könikmalarini boyitiş, ularga sport sohasida köp yillik tajribaga ega ustozlarning hayotiy tajribasi va saboqlarini yetkaziş, şuningdek, yoş avlodda milliy sport turlariga bölgan qiziqişni yanada oşirişdan iborat.
✅Tadbir davomida professor Arslon Ilov sportda erişiladigan natijalar nafaqat mamlakat taraqqiyoti va rivojiga xizmat qilişi, balki xalqaro sport maydonlarida Özbekiston bayroğini yuksaklarga kötariş har bir sportçidan ulkan matonat, mustahkam iroda, tinimsiz mehnat va yuksak salohiyat talab etişini alohida ta’kidladi.
🟡Şuningdek, uçraşuv davomida ustoz-şogirdlar tomonidan amaliy mahorat maşğulotlari taşkil etilib, unda kuraş usullari, maşğulot jarayonining öziga xos jihatlari hamda sportçilarning texnik va taktik tayyorgarligiga oid tajribalar namoyiş etildi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tajribali murabbiylardan muhim tavsiyalar oldilar.
⏩Bunday uçraşuvlar ustozlar va yoş avlod örtasidagi uzviylikni mustahkamlaş, boy sport tajribasini kelajak avlodga yetkaziş, talaba-yoşlarning tanlagan kasbiga bölgan mas’uliyati va sadoqatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.